«namangan viloyati» tegli maqolalar


Namanganda mastligi sabab shifoxonaga yotqizilgan erkak o‘zini osib qo‘ydi
9 aprel 2024, 04:16

Namanganda mastligi sabab shifoxonaga yotqizilgan erkak o‘zini osib qo‘ydi

Namanganning Chortoq tumanida shifoxonaning hushyorlantirish bo‘limiga yotqizilgan erkak temir panjaraga o‘zini osib, vafot etdi. U bir kun avval turmush o‘rtog‘ining chaqiruviga asosan mastligi sababli IIB xodimi tomonidan shifoxonaga olib borilgan. Holat nazoratga olindi, deb yozdi ombudsman matbuot xizmati.

Prezident Pungan-Namangan yo‘lini rekonstruksiya qilishni ma’qulladi. Loyiha 2016-yilda to‘xtatilgan edi
26 mart 2024, 22:57

Prezident Pungan-Namangan yo‘lini rekonstruksiya qilishni ma’qulladi. Loyiha 2016-yilda to‘xtatilgan edi

Xitoy Pop tumanida joylashgan Pungan qishlog‘i va Namangan shahri o‘rtasidagi yo‘lni rekonstruksiya qiladi va kengaytiradi. Prezident loyihani ma’qullab, bu “Yangi O‘zbekistonga yangi yo‘l” bo‘lishini ta’kidladi. Uni amalga oshirish 2013-yildan beri rejalashtirilayotgan, biroq 2016-yilda to‘xtatib qo‘yilgan edi.

Namangan aeroporti modernizatsiya qilinadi
26 mart 2024, 21:30

Namangan aeroporti modernizatsiya qilinadi

Prezident Namangan xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi bilan tanishdi. O‘tgan yili uchib kelish terminali rekonstruksiya qilingandi. Quvvatni yana 3 barobar oshirish rejalashtirilgan. Yuk terminali, umumiy ovqatlanish va yoqilg‘i quyish majmualari qurish ko‘zda tutilgan.

“Yiliga 100 tonna oltin qazib olyapmiz, lekin atigi 6 foizi qayta ishlanyapti” — prezident
25 mart 2024, 14:23

“Yiliga 100 tonna oltin qazib olyapmiz, lekin atigi 6 foizi qayta ishlanyapti” — prezident

Prezident Namangandagi zargarlik korxonasiga tashrifi chog‘ida O‘zbekistonda yiliga 100 tonna oltin qazib olinayotgani, biroq uning atigi 6 foizi qayta ishlanayotganini aytdi. Unga ko‘ra, soha uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilmoqda. “Bu — boshlanishi. Sohani hali yana rivojlantiramiz”, — deya ishontirdi u.

Namangan viloyati hokimi “Navbahor” futbol klubiga 2,5 mlrd so‘m ajratdi
26 yanvar 2024, 14:38

Namangan viloyati hokimi “Navbahor” futbol klubiga 2,5 mlrd so‘m ajratdi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakovning farmoyishi bilan “Navbahor” futbol klubiga viloyat budjeti zaxira jamg‘armasidan 2,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Namangan viloyatida tez yordam mashinasi YTHga uchrashi oqibatida haydovchi vafot etdi
27 noyabr 2023, 09:54

Namangan viloyatida tez yordam mashinasi YTHga uchrashi oqibatida haydovchi vafot etdi

Chortoq tumani tez tibbiy yordam xizmatining Damas avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishdagi Cobalt bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 103 xizmati haydovchisi vafot etdi, uning hamrohi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

O‘zbekistonda bolalarning ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
23 sentabr 2023, 19:40

O‘zbekistonda bolalarning ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda bolalarning ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ayni paytda ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o‘tkazilgan.

Namanganda 450 nafar bola kasallangan, ularning 143 nafari tuzalgan — SSV rahbari o‘rinbosari
23 sentabr 2023, 17:22

Namanganda 450 nafar bola kasallangan, ularning 143 nafari tuzalgan — SSV rahbari o‘rinbosari

Namangan viloyatida 2 kun davomida 450 nafar bolaning sog‘lig‘i yuzasidan shikoyatlar kelib tushgan bo‘lsa, shundan 306 nafari Chust tumaniga to‘g‘ri keladi, dedi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova. Uning qayd etishicha, bolalarning sog‘lig‘i yomonlashishiga zaharlanish emas, ORVI sabab bo‘lishi mumkin.

Namanganda yuk mashinasi bilan ro‘y bergan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi
21 sentabr 2023, 14:22

Namanganda yuk mashinasi bilan ro‘y bergan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi

Chust tumanida yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishdagi Damas va Labo bilan to‘qnashib ketdi. Besh kishi halok bo‘lgan.

Namanganda bir-biriga nashida yuborgani uchun aka-singilga sud hukmi o‘qildi
13 iyul 2023, 12:10

Namanganda bir-biriga nashida yuborgani uchun aka-singilga sud hukmi o‘qildi

Namanganda “aqidaparastlik materiallari, shu jumladan nashidalar”ni tarqatgani uchun 23 yoshli yigitga 5 yilga qamoq, uning 19 yoshli singlisiga 2 yilga “uy qamog‘i” jazosi tayinlandi. Singil videolarni akasi tarqatgani, bu ishga uni aloqasi yo‘qligini aytgan, biroq keyin aybiga iqror bo‘lgan.

Namangan viloyati Jinoyat qidiruv bo‘limining sobiq boshlig‘iga qiynoq uchun yengil jazo tayinlandi
15 iyun 2023, 18:40

Namangan viloyati Jinoyat qidiruv bo‘limining sobiq boshlig‘iga qiynoq uchun yengil jazo tayinlandi

Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i Umid Raupovga tergov izolyatorida saqlanayotgan shaxsni qiynoqqa solgani uchun uch yil muddatga ozodlik cheklash jazosi tayinlandi. Sud jabrlanuvchining da’volari yo‘qligi hamda sudlanuvchining aybiga qisman iqrorligini inobatga olib, jazoni yengillashtirdi.

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namangan viloyatida sezildi
1 iyun 2023, 09:10

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namangan viloyatida sezildi

Payshanba tongida Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘lib, uning kuchi Namangan viloyatida sezildi va 2−3 ballni tashkil etdi.

Namanganda temir to‘siqqa urilgan yuk mashinasi to‘liq yonib ketdi
15 aprel 2023, 10:29

Namanganda temir to‘siqqa urilgan yuk mashinasi to‘liq yonib ketdi

Pop tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan DAF yuk mashinasi temir to‘siqqa urilib, to‘liq yonib ketdi. Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Namanganda Malibu haydovchisi soxta raqam bilan qoidabuzarliklar sodir etdi
12 aprel 2023, 17:44

Namanganda Malibu haydovchisi soxta raqam bilan qoidabuzarliklar sodir etdi

Namangan shahrida yashovchi fuqaro Malibu avtomobiliga soxta raqam taqib, bir nechta qoidabuzarliklar sodir etdi. Uning aytishicha, soxta raqamni tanishi orqali Moskvada yasattirgan. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mashina jarima maydoniga joylashtirildi.

Namangandagi portlash oqibatida 1 kishi vafot etdi
7 fevral 2023, 12:27

Namangandagi portlash oqibatida 1 kishi vafot etdi

Kosonsoy tumanidagi uyda portlash ro‘y berib, 5 kishi jarohat oldi. Ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namanganda uy portlashi oqibatida 4 kishi jarohatlandi
7 fevral 2023, 10:18

Namanganda uy portlashi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Kosonsoy tumanidagi uyda sodir bo‘lgan portlash sababli jarohatlangan 4 fuqaro shifoxonaga olib ketildi. Voqeani FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minot» xodimlari o‘rganmoqda.

Norin daryosining yemirilgan qirg‘og‘ini ta’mirlashga bosh vazir o‘rinbosari va FVV rahbari boshchilik qilmoqda
28 yanvar 2023, 12:05

Norin daryosining yemirilgan qirg‘og‘ini ta’mirlashga bosh vazir o‘rinbosari va FVV rahbari boshchilik qilmoqda

Namangandagi Norin daryosining yemirilgan damba qirg‘oqlarini mustahkamlash uchun bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligida ish olib borilyapti. Jarayonga 381 nafar xodim va 112 ta maxsus texnika jalb etilgan.

Namangandan oqib o‘tuvchi Norin daryosi qirg‘og‘i yemirilmoqda
27 yanvar 2023, 10:01

Namangandan oqib o‘tuvchi Norin daryosi qirg‘og‘i yemirilmoqda

Tarmoqlarda Namangandan oqib o‘tuvchi Norin daryosini to‘sib turadigan damba qulagani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng viloyat FVB yemirilish oqibatini bartaraf etish jarayonlarini boshladi.

Namangan viloyati hokimligiga tegishli mashina 5 yoshli bolani urib ketgani aytilmoqda
27 oktabr 2022, 01:57

Namangan viloyati hokimligiga tegishli mashina 5 yoshli bolani urib ketgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyati hokimligi tasarrufidagi Land Cruiser mashinasi 5 yoshli bolani urib yuborgani haqida xabar tarqaldi. Hokimlik bayonotiga ko‘ra, voqea 7 oktabrda sodir bo‘lgan. Shuningdek, hozirda piyodaning ahvoli yaxshi ekani va holat IIB tomonidan rasmiylashtirilgani qayd etildi.

Namanganda sinf rahbari 5 sinf o‘quvchisini xatti-harakatlari sabab kaltakladi
15 oktabr 2022, 10:05

Namanganda sinf rahbari 5 sinf o‘quvchisini xatti-harakatlari sabab kaltakladi

Davlatobod tumanidagi 58-maktabda «Geografiya» fani o‘qituvchisi o‘zi rahbarlik qilayotgan 5-«v» sinfdagi o‘quvchini xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, kaltakladi. Holat bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi. XTV matbuot kotibi o‘qituvchilardan har qanday holatda og‘ir va vazminlik saqlashni so‘radi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting